îáî ìíå  


 
Dadash Kurtmiya haqida
 
1976 yil 13 noyabr kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Hozir Qibrayda istiqomat qiladi.
Shou-biznes olamida 1997 yildan buyon ijod qiladi.

1997 yil – “Xamal” guruhi yakkaxoni sifatida faoliyat yuritdi. “A manga” qo’shig’iga ishlangan klipda suratga tushdi.

1998 yil – Film uchun ilk scenariysini yozdi: “Nas bilo troy”.

1999 yil – “Bu yangi” nomli qo’shig’ini hamda “Vodiy sadosi” radiosi uchun “Begite” nomli jnglini yozdi.

2000 yil – Denis Belyaev, Akrom Ibodullaev va Toir qo’zievlar bilan birga “Vatanim”
nomli qo’shig’ini yaratdi.

2001 yil – Abror Yoqubov bilan birgalikda “Besh Yog’och” videostudiyasida scenarist sifatida ishladi.

2002 yil – Alma-Atada bastakor sifatida faoliyat yuritdi.

2003 yil - Scan bilan “Eksperiment” nomli scenariysini hamkorlikda yozdi.

2004 yil – O’z ichiga oltita qo’shiqni qamrab olgan “Rahmani” nomli albom yozdi. Shuningdek Scan bilan hamkorlikda ikkinchi scenariysi bo’lmish “Medalon ot Solomona” scenariysini yozdi.

2005 yil – “Se*Tanho” guruhi uchun ikki qo’shiq yozdi. Shuningdek, Scan bilan uchinchi hamkorlik ishi bo’lmish “Xo’ja Nasriddin: O’yin boshlandi” scenariysini yozdi.

 

 



 
 


Bosh sahifa

Fotosuratlar

Ijodiy guruh

Film qahramonlari

Scan Multi haqida





Hosted by uCoz