Scan Multi haqida

1978 yil 25 yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.
Shou-biznes olamida 1994 yildan buyon ijod qiladi.

1994 yil – “Alt-Xaos” guruhi raqqosi.

1995 yil – “Nyu Jenereyshn” nomli raqs guruhini tashkil qildi.

1996 yil – Shuhrat bilan birgalikda “Xamal” guruhini tuzdi. Guruhdan ketib, TV4 telekanaliga qo’shildi. “Ecolot-kokteyl” ko’rsatuvida muxbir lavozimida faoliyat yuritdi.

1997 yil – “Yoshlar” telekanalida “Pokoleniya” ko’rsatuvini tashkil qildi. So’ng “Kultpoxod”, “Kompyuter-Aziya”, “Klipomyot” kabi ko’rsatuvlarga rejissorlik qildi. ORT telekanalining muxbiri sifatida Sh.Ganieva bilan birga ishladi.

1998…2001 – TVdan ketdi. Yulduz Usmonova, Anvar Sanaev, “Setora” guruhi, “Shahzod” guruhi, “Bolalar” guruhi, “Jonim” guruhi, Davron Ergashev, Lola, Samandar, Shahzoda, Aziza Niyozmetova va ko’plab boshqa xonandalarga kliplar suratga oldi.

2001…2002 – Qozog’istonlik xonandalarga kliplar suratga oldi.

2002…2003 – Moskvaga uchib ketdi. U yerda ham kliplar, reklama roliklari suratga oldi. STS telekanalining “Utra s Kirkorovim” ko’rsatuvida postanovkachi operator lavozimida ishladi.

2004 yil – Dadash Kurtmiya bilan “Eksperiment” va “Medalon ot Solomona” nomli scenariylar yozdi.

2005 yil – Dadash Kurtmiya bilan “Xo’ja Nasriddin: O’yin boshlandi” nomli scenariyni yozdi. Mana shu scenariy asosida filmi suratga olishni boshlab yubordi.



Bosh sahifa
Fotosuratlar
Ijodiy guruh
Film qahramonlari
Dadash Kurtmiya haqida



Hosted by uCoz